Mutasaddilar dastlab Xiva shahar “Binokor” mahallasida joylashgan koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash jarayoni bilan tanishib, Xonqa tumanining mahallalarida qurilgan noqonuniy qurilmalarni koʻzdan kechirilib qonun buzilgan holatlariga choralar koʻrish belgilab olindi.

“Obod” MFY hududida joylashgan koʻp kvartirali uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashib, mavjud muammolar oʻrganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan shikoyatlarning asosiy qismini ichimlik suv muammosi boʻlib, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar yuklatildi.

Shuningdek, shahardagi eng ogʻir Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati ham koʻzdan kechirilib, muammolari tahlil qilindi. Hududda istiqomat qiluvchi aholiga shirkatlar tugatilib, yangi tizim – boshqaruv servis kompaniyalariga oʻtkazish toʻgʻrisida aholiga kengroq tushunchalar berildi.

Bunday tadbirlar viloyatning boshqa tuman va shahar hududlarida ham amalga oshirildi.

Urganch tumani hokimi oʻrinbosarlari, masʼullar va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh Urganch tumanida “Obod mahalla” dasturi doirasida “Orzu” mahallasida joylashgan koʻp kvartirali uylar atrofida joylashgan noqonuniy qurilgan qurilmalarni aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha qonuniy choralar koʻrish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Shu kunga qadar ishchi guruh tomonidan qayd etilgan 200 ta holatdagi noqonuniy qurilmalardan 156 tasi bartaraf qilindi. Mazkur yumushlarni amalga oshirishda 6 ta maxsus texnika, 20 ta yuk mashinasi va 250 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar jalb etilgan.

Xorazm viloyati Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish

boshqarmasi Axborot xizmati