Noqonuniy tarzda 266 dona kabutar ovlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyati ekologiya inspektorlari tomonidan tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilganda Fuqaro A.E tomonidan noqonuniy ravishda 266 dona kabutar ovlaganligi aniqlandi.

Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan birlamchi xujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy javobgarlikga tortish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.