Qayd etilishicha, shu yilning 25-may kuni Istanbul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan, yashil yoʻlak orqali harakatlanib kelayotgan fuqaro chegara bojxona posti xodimlari tomonidan toʻxtatildi.
Fuqaroga tegishli boʻlgan yuklarni belgilangan tartibda tekshirish jarayonida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan, bojxona organi xodimlarining ogʻzaki soʻrov vaqtida ham maʼlum qilinmagan qiymati 370 mln soʻmlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.









