Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Anhorli” MFYda yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 3 turdagi “Qaratau” nomi ostida qoʻlbola usulda tayyorlangan 3 566 dona alkogol mahsuloti, 7 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.