Noqulay ob-havo, qor, yo'llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug'dirmoqda 

    Xavfsizlik 23 Noyabr 2020 1225

    Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

    Noqulay ob-havo, qor, yo'llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug'dirmoqda.

    FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruvchilari tomonidan Do'stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafardan ziyod haydovchi va yo'lovchilarga tibbiy hamda psixologik yordam ko'rsatildi.

    Yo'llar muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko'rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. FVV shu munosabat bilan haydovchi va yo'lovchilardan ehtiyot choralarini ko'rishlarini so'ramoqda.