Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumani Zafarobod shaharchasidagi (shaharlar) byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega boʻlgan ustama toʻlash tartibini belgilaydi.
Shaharlardagi byudjet tashkilotlari xodimlariga noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun oylik ustama toʻlovlari byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, kuyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- 3-yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,25 foizi;
- 3-yildan 5-yilgacha ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,5 foizi;
- 5-yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 0,75 foizi.
Oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga quyidagilar kiritiladi:
- shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ishlagan davri;
- xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri;
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati, “Navoiyuran” davlat korxonasi va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ushbu korxonalarda ishlagan davri.








