Norin tumani hokimi erto'ladagi suvni chiqargani bordi

    Muammo shundaki, aholi yashovchi ko'p qavatli uy erto'lasiga suv to'lib qolgandi. Uni olib tashlanmasa, bino zaxlab, poydevorga darz etishi mumkin edi.

    Namangan viloyatining Norin tumani hokimi Jo'rabek Nurmatov 1-sektor hududiga qarashli «Bobur» mahallasi, «Beruniy» ko'chasida istiqomat qiluvchi 30 nafar fuqaroning murojaatini o'rgandi.

    Vaziyat bilan tanishgan hokim zudlik bilan tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi ishchi-xodimlarini jalb etdi va maxsus qurilma yordamida to'plangan suv chiqarib tashlandi.