Norinda limon sayli yoxud agroturizmning yangi yoʻnalishi kurtak ochmoqda!

    Agrosektor 11 Yanvar 2021 2108

    Boyovulda uch ming aholi yashaydi. Xonadonlarning tomorqa maydoni 37,6 gektarni tashkil etib, bari istiqomatchilar limonchilik bilan shugʻullanadilar.

    Qishloqda limonchilik rivojida Valixon hoji Mahmudovning oʻrni beqiyos. Hozirda otaning ishini farzandlari Gʻayratjon Mahmudov davom ettirmoqda.

    - Bor erishganimiz, shu limonchilik sohasidan. Uy qildik, joy qildik, toʻy qildik. Koʻchatchilik xoʻjaligimiz bor. Oʻquv markazi ochdik. 70 sotix issiqxonada 12 xil sitrus meva yetishtiramiz. Oʻquv markaz va issiqxonalarni ukam boshqaradi. Oʻtgan yili Rossiyaga 20 tonna limon eksport qildik. Bir umumiy daromadimiz 500-600 million soʻmni tashkil etadi,- deydi Gʻayratjon Mahmudov.

    Gʻayratjon aka bilan agroturizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Sitruslar pishib yetilgan paytida limon sayli oʻtkazish, xonadonda uy mehmonxonasi tashkil etish taklifimiz maʼqullandi.