—Oʻzim jismoniy tarbiya oʻqituvchisiman. Tadbirkorlik faoliyatini boshlaganimizga bir yarim yil boʻldi. Oʻgʻlimni Namanganga shogirdga bergandim. Ikki yil oʻrgandi. Bu hunar sirlarini astoydil  oʻrgandi. Barcha dastgoh-uskunalarni olib berdim. Keyin oʻzim ham qiziqib qoldim. Hozirda bir oyda oʻrtacha 20 million soʻm daromad topamiz. Oʻtgan yili Rossiyaga koʻp mahsulot chiqardik. Hamkorlarimizning taʼkidlashlaricha guldonlarimizni katta partiyada norvegiyaliklar xarid qilishibdi. Bu bizga yangi quvvat, shijoat ato etdi. Agar ishga mehr bersangiz. Albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Bunga oʻz misolimizda amin boʻldik, — deydi tadbirkor.

Ayni paytda oilaviy korxona toionidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Ukrainada xaridorgir.

— Hunar ortidan toʻy qildi, uy qildi, mashina oldi. 43-maktabdagi boʻsh binoni mahalla va maktab bilan kengashib, yetakchi tadbirkorimizga berishga qaror qildik. Usta-shogird maktabi boʻladi. Yana oʻn beshta mahalladosh ish bilan taʼminlanadi, — deydi Yuqori Choʻja mahallasi raisi Abdulhamid Valixonov, deb yozmoqda naminfo.