Shuningdek, ushbu qurilish jarayonida ichimlik suvi taʼminotining asosiy quvurlaridan biriga zarar yetkazilib, yuzlab aholi xonadonlari suv taʼminotidan uzilib qoldi.
Viloyat rahbari koʻrsatmalariga asosan, nosozlikni bartaraf etish uchun keng tartibdagi ish jarayoni tashkil etildi va qurilish jarayoni yaqindan oʻrganildi. Unda bir nechta holatlar boʻyicha xatoliklar aniqlanib, jumladan, tegishli qarorga toʻliq rioya etilmagani, maydon uy-joy qurish uchun ajratilmagani, kadastr roʻyhatidan oʻtkazishda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani, eng asosiysi, mahalliy aholiga ushbu qurilish noqulaylik tugʻdirayotgani sababli, qurilish jarayoni toʻxtatildi.
Qurilishga ruhsat berish jarayonida xatolikka yoʻl qoʻyganliklarini viloyat hokimi oʻrinbosarlari aholiga uzr soʻragan holda maʼlum qilib, buni tuzatish choralari darhol koʻrilishi boshlandi. Aholi vakillari mazkur hulosadan toʻliq rozi ekanliklarini bildirib, viloyat rahbari tomonidan amalga oshirilayotan harakatlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqdalar.