Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy obyektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi tasdiqlandi

    Hukumat qarori (666–son, 23.11.2022 y.) bilan Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi

    Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

    noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;

    noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

    noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’yektlariga va joylarning relyefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

    noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy ob’yektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi.

    Mazkur nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalardan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Quyidagi holatlar noruda materiallarni noqonuniy qazib olish hisoblanadi:

    noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruxsatnoma olmasdan turib foydalanish;

    noruda materiallar uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.