Norvegiya monarxi, qariyb to'qson yoshni qarshi olgan Xarald V 24-fevral kuni Ispaniyaning Tenerife orolida infektsiya va suvsizlanish tufayli shifoxonaga yotqizildi.

— Qirol janobi oliylari bugun kechqurun Tenerife shahridagi Universitario Hospiten Sur shifoxonasiga olib ketildi. Qirol infektsiya va suvsizlanishdan davolanmoqda va uning ahvoli barqaror, — deyiladi saroy bayonotida.

Monarxning shaxsiy shifokori uni davolash uchun Ispaniya oroliga yetib bordi. Qirollik oilasi qishki ta'tilni Tenerife orolida o'tkazmoqda, deb xabar berdi oz.inform.kz.

Avvalroq Norvegiyada valiahd malikaning o'g'liga qarshi sud jarayoni boshlanishi haqida xabar berilgan edi.