Oslo va Kopengagen aeroportlari noma'lum uchuvchisiz uchish qurilmalari aniqlangani sababli havo hududini yopdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Kopengagen politsiyasi komissari yordamchisi o'rinbosari Yakob Xansen jurnalistlarga “Politsiya bu qanday dronlar ekanini aniqlash uchun batafsil tekshiruv boshladi”, dedi va dronlar tutib olinmasidan oldin g'oyib bo'lganini qo'shimcha qildi.

Xansen, Daniya va Norvegiya rasmiylari ikki hodisa o'rtasida bog'liqlik bor-yo'qligini aniqlash uchun hamkorlik qilishlarini aytdi. Dastlab Kopengagen aeroporti, keyin Oslo aeroporti yopildi. Ikkala aeroport faoliyati ham deyarli to'rt soatga to'xtatildi.

Cheklovlar tufayli barcha reyslar yaqin atrofdagi aeroportlarga yo'naltirildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Polsha politsiyasi dronga o'xshash noma'lum obyektni aniqlagan edi. Taxminlarga ko'ra, bu 10-sentabrga o'tar kechasi Polsha hududiga kirgan dronlarning oxirgisidir, deb xabar berdi lenta.ru.