Ushbu audiobuk faoliyatda qo'llash uchun respublika hududlaridagi notariuslarga bepul tarqatiladi.

-Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug'ullanayotgan notariuslarga  soha bo'yicha chiqayotgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarni matn, audi hamda infografikalar orqali etkazish, shu orqali notariuslarga har taraflama qulayliklar yaratishni maqsad qilgan. Bu o'z-o'zidan notariuslarimizning qonun hujjatlarini mukammal o'rganishlari hamda asosiy maqsad – aholiga qulay va sifatli xizmat ko'rsatishda qo'l keladi, deb hisoblaymiz, - deydi Respublika Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov.