"Notcoin" sotishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Buxorolik yigit "Notcoin" sotishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing bank kartasidagi pullarini oʻzlashtirib oldi.

    Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi 21 yoshli fuqaro H.J. oʻzining bank kartasidagi 1.400.000 soʻm pullari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilgani haqida IIOga murojaat qilgan.

    Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyatida yashovchi 18 yoshli F.E. sodir etganligi aniqlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, F.E., Telegram messenjeri orqali H.J. bilan gaplashib, unga "Notcoin" sotib olishini aytgan va uni qiziqtirib, toʻlovni oldindan amalga oshirishi kerakligini aytgan holda 1.400.000 pullarini oʻzining bank kartasiga oʻtkazib olgandan soʻng yozishmalarni oʻchirib yuborgan va mazkur pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan F.E.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.