Notoʻgʻri qoʻllanilgan jarimalar ustidan shikoyat yoʻllash xizmati ishga tushdi

    Yoʻl harakati bilan bogʻliq notoʻgʻri chiqarilgan qaror yuzasidan shikoyat yoʻllash tartibi osonlashmoqda.

    Endilikda yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq chiqarilgan qaror va xabarnomalar boʻyicha eʼtirozingizni ortiqcha ovoragarchiliksiz va hujjatlarsiz onlayn bildirishingiz mumkin boʻladi.

    Qanday qilib deysizmi?

    my.gov.uz portaliga kirasiz (yoki mobil ilovani yuklab olasiz)

    “Yoʻl harakati qoidalari buzilishi bilan bogʻliq holatlar yuzasidan chiqarilgan qaror va yuboriladigan xabarnomalar yuzasidan murojaat yuborish” xizmatini topasiz;

    — eʼtirozingizni asoslovchi maʼlumotlarni kiritib, yuborish tugmasini bosasiz.

    Mazkur xizmat hozircha sinov tariqasida ishlamoqda, 1-sentyabrdan toʻliq yoʻlga qoʻyiladi.