Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Fargʻona viloyatida yashovchi 37 yoshli Х.S. sodir etganligi aniqlandi.
Unga koʻra, Х.S., А.Sh. bilan Telegram messenjerida tanishib, unga "OLX" platformasi orqali "Acyer" rusumli kompyuter sotishini aytib, oldindan plastik kartasiga 4.000.000 pullarni oʻtkazdirib olgan va yozishmalarni oʻchirib yuborib, uni qora roʻyxatga kirgizib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan Х.S.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.