Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.S ikki yoshli farzandi X.A bilan Rossiya Federatsiyasi Janubiy Saxalin oʻlkasida ogʻir ahvolda qolgani haqida murojaat qilgan.
Unga mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan zurur yordam koʻrsatilib, “Vatanga qaytish guvohnomasi” rasmiylashtirib berildi. Shuningdek, Novosibirsk shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida ogʻir kasallikka chalingan E.Aga ham Vatanga qaytishga koʻmaklashildi.
Ular 19-may kuni Oʻzbekistonga qaytarildi, deya xabar qiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.