Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 170 nafar yo'lovchi va ekipaj a'zolari orasida qurbonlar yo'q, samolyot zarar ko'rmagan, deb xabar beradi Novosibirsk viloyati bo'yicha davlat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, bortda jami 170 kishi, jumladan, 23 nafar bola bo'lgan. “Ularning barchasi evakuatsiya qilindi. Hech kim jabrlanmadi. Samolyot, yerdagi bino va inshootlarga zarar yetmadi”, – deyiladi xabarda.
Qo'ngan joyga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo'yicha Bosh boshqarmasining tezkor va aeromobil guruhlari jo'natildi.
“Mahalliy madaniyat uyida yo'lovchilar uchun vaqtinchalik turar joy tayyorlandi”, — deyiladi manbada.
G'arbiy Sibir transport prokuraturasi tomonidan parvozlar xavfsizligi to'g'risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish ishlari tashkil etildi. G'arbiy Sibir transport prokurori voqea joyiga bordi, deb xabar beradi ria.ru.