Hodisa oqibatida 1966-yilda tug'ilgan ayol – kran operatori halok bo'ldi, deyiladi Ichki ishlar vazirligining mahalliy boshqarmasi xabarida.

Voqea mahalliy vaqt bilan 9:15 da (Moskva vaqti bilan 5:15) shaharning Oktyabr tumanida, V. Zarovniy ko'chasida sodir bo'lgan.

Internetda baxtsiz hodisa tasvirlari paydo bo'ldi. Unda turar-joy majmuasi qurilish maydonidan kran qanday qilab avtoturargohga qulab tushgani aks etgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, sakkizta avtomobil zarar ko'rgan, deb xabar beradi mir24.tv.