Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning noyabr oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1,2 foizga qimmatlashdi.
2021-yil boshidan isteʼmol sektorida narxlarning oʻsish darajasi 8,6 foizni, oʻrtacha oylik oʻsish darajasi esa 0,8 foizni tashkil etdi.
Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 10,3 foizga yetdi.