Buning uchun fuqarolardan:

  1. Koreya Respublikasida tan olingan vaksinalar (Astrazeneca, Moderna, Pfizer, Sinovac, Sinopharm, Janssen)dan biri bilan Koreya Respublikasiga kirib borishdan kamida 14 kun oldin to‘liq emlangan bo‘lishi;
  2. Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tan olingan laboratoriyalar (Korea No 1 Laboratory, SWISS LAB, De Factum Laboratories, INTERMED Innovation)dan birida Koreya Respublikasiga kirib borishdan oldin 72 soat ichida PSR test topshirgan va test natijasi manfiy bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, Koreya Respublikasiga kirib borgan mehnat migrantlari avvalgidek 14 kun emas, balki 10 kunlik karantin davrini o‘tashi lozim bo‘ladi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Koreya Respublikasi Inson resurslarni rivojlantirish xizmatining ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasidan mehnat migrantlarining ye-9 ishchi vizasi bilan kirib borish tartibi va soni bo‘yicha ma’lumot Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi «EPS» markazi orqali qo‘shimcha yetkaziladi.