Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi xulosasiga koʼra, dastlabki laboratoriya tadqiqotlari BQ.1 immunitetga oson “chap berish” xususiyatiga ega ekanligini tasdiqladi. 

Biroq mazkur mutatsiya boshqa mintaqalarda ham keng tarqalishi haqida hozircha yetarli asoslar mavjud emas. Chunki ayni paytda jahonda “omikron”ning BА.4 va BА.5 versiyalari yetakchilik qilyapti.

Shunga qaramay, koronavirusga qarshi ehtiyotkorlik shart. Аyniqsa, 60 yoshdan oshgan, yondosh kasalliklarga chalingan  va immuniteti zaif kishilar, qolaversa, homilador ayollar birinchi navbatda emlanishlari zarur.

"Tahlillarga koʼra, BQ.1 va BQ1.1 hozir Frantsiya (19 foiz), Belьgiya (9 foiz), Irlandiya (7 foiz), Niderlandiya (6 foiz) va Italiyada (5 foiz) keng tarqala boshlagan", deya yozmoqda Sogʼliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.