Noyabrning deyarli butun birinchi haftasi davomida Oʻzbekistonda ob-havo kam bulutli boʻladi. Dam olish kunlarida bulutlilik ortadi, biroq quruq havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Keyinchalik issiq toʻlqinlar sovuq toʻlqinlar bilan almashib turadi, harorat kechasi 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 17-20 daraja issiqdan 3-6 daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. Yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.