Shu yilning 1-dekabr kuni Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer jahon chempionatida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha darvozabonlar rekordini yangilashi mumkin. Buning uchun u oʻsha kuni Kosta Rikaga qarshi oʻyinda maydonga tushishi kerak. Shunda Noyer Germaniya termasi safida jahon chempionati oʻyinlarida 19-marta ishtirok etgan boʻladi.
Shu paytgacha bu rekorda Zepp Mayer (Germaniya) va Klaudio Taffarelga (Braziliya) tegishli edi. Ular 18-martadan oʻz termalari darvozasini himoya qilgan.