Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi Badiiy ekspertiza bo‘limi hamda “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti birgalikda XX asrga tegishli ko‘zani (oftoba) bojxona nazoratidan o‘tkazdi va noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga urinish holatini aniqladi.

Ko‘zaga Badiiy ekspertiza bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ekspert xulosasi tayyorlanib, noyob buyum Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.