Noyob qushlar «Borsakelmes» hududiga qo'yib yuborildi

    Yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 1002 bosh noyob qush – yo'rg'a tuvaloqlar Qo'ng'irot tumanidagi «Borsakelmes» va «Jasliq» hududiga qo'yib yuborildi.

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va «Falcon hunting solutions» kompaniyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi» hamda xalqaro Qizil kitobga kiritilgan va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan 1002 bosh noyob qush – yo'rg'a tuvaloqlar Qo'ng'irot tumanidagi «Borsakelmes» va «Jasliq» hududlariga qo'yib yuborildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasida 2017-2023 yillarda jami 15 753 bosh yo'rg'a tuvaloq tabiatga qo'yib yuborildi.

    Yo'rg'a tuvaloqlar 2009 yilda O'zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Har biri 2, 3 donadan tuxum qo'yadi va 21, 25 kun davomida bosib yotadi.

    Polaponlari iyun`-iyul` oylarida ucha boshlaydi.