Noyob "stegosaurus" skeleti kimoshdi savdosiga qo‘yildi

    Iyul oyida Sotheby's auksionida tarixdagi eng katta va to'liq saqlanib qolgan "stegosaurus" skeleti sotilishi rejalashtirilgan. Hozirda uning narxi 5 million dollarga baholanmoqda.

    Uni Koloradoda (AQSh) 40 gektar yerga egalik qiluvchi ovchi D. Kuper topgan, u Morrison formatsiyasi hududida aniqlangan. Ovchi u yerda u jami 10 ta suyak, shu jumladan ulkan "stegosaurus" skeletini to‘liq holatda topib oldi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra ovchi do‘stlari bilan qoldiqlarni 2022-yilda o'zining 45 yoshini nishonlayotgan paytda topgan. Avval ular femurni, keyin umurtqa suyagini ko'rib qolgan. Skeletni to'liq yig'ish uchun bir yil kerak bo'ldi. Suyaklarning 70 foizi topildi.

    Uning uzunligi 8 metrni tashkil qiladi. The New York Times gazetasining yozishicha, bu avvalgi to‘liq saqlanib qolgan stegozavr skeletidan ikki baravar katta.