“Talabalar press-klubi”ning ochilish marosimida Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxonova va startap ekotizimini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Farrux Maksumov soʻzga chiqdilar. Universitet mehmonlari va talabalariga taqdim etilgan press-klub inkubatsiya kovorking markazining faoliyati talabalarga oʻz mahorati va isteʼdodini faol rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan. Press-klubda turli soha mutaxassislari bilan talabalar uchrashuvlari, onlayn va offlayn seminar va maʼruzalar, muhokama uchrashuvlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
“Huawei 2019-yilda memorandum imzolanganidan beri Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Oʻtgan yillar davomida yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshma loyihalar amalga oshirildi. Talabalar press-klubi ana shunday loyihalardan biriga aylanib, boʻlajak jurnalistika mutaxassislariga zamonaviy va texnologik jihozlangan muhitda oʻz bilimlarini oshirish imkonini bermoqda. Kovorking markazi AKT sohasidagi asosiy yoʻnalishlarni yoritib berish, yosh IT jurnalistlarini tayyorlash va media ishlab chiqarishga IT-texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish boʻyicha imkoniyatlar bilan tanishish va muhokama qilish uchun ham ajoyib joy boʻladi”, — deya taʼkidladi Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasining direktor oʻrinbosari janob Go Veylay.
Texnologik yechimlar orqali taʼlim olish imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, oʻzining korporativ ijtimoiy masʼuliyatini amalga oshirish maqsadlariga amal qilgan holda Oʻzbekistondagi Huawei kompaniyasi universitetlar va maktablarni qoʻllab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda. Oʻtgan yili kompaniya tomonidan IT-universitetlari talabalari uchun “Seeds for the Future” kabi qator taʼlim loyihalari, shuningdek, xitoy tilini oʻrganishga ixtisoslashgan 59-sonli maktab oʻquvchilari oʻrtasida isteʼdodlarni aniqlash koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. 2020-yilda Huawei kompaniyasi va Oʻzbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti jurnalistlar uchun “Oʻzbekistonning AKT kuzatuvchisi” qoʻshma koʻrik-tanlovi oʻtkazdi. Ushbu koʻrik-tanlov doirasida boʻlajak va amaldagi jurnalistlar raqamli texnologiyalar mavzularini yoritib borishdi, deb maʼlumot bermoqda Xabar.uz