«Shu kunlarda Xitoyda yana bir yirik anjuman – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida, uning doirasida koʻplab uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etamiz.

Shu sababli Mustaqillik bayramini bugun siz, azizlar bilan, xalqimiz bilan birgalikda nishonlab, el-yurtimizdan duo olib, ertaga yoʻlga chiqishni reja qilganmiz.

Hech shubhasiz, ana shu sammit natijalari ham Yangi Oʻzbekistonning dunyodagi oʻrni va mavqeini yuksaltirishga, koʻp vektorli tashqi siyosat boʻyicha strategik maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, tantanamizda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlar vakillariga samarali hamkorlik uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman», – dedi Prezident.