Prezident adminstratsiyasi rahbari inshoot ichimlik suv sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berishini bildirdi.
"Nukus shahridagi “Jeketerek” mahallasida toʻliq modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshootini borib koʻrdik.
Ushbu inshoot ichimlik suvining sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, suv xoʻjaligi, ichimlik va oqova suv sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdik.
Aholi salomatligi muhofazasi — doim kompleks yondashuvni talab etadi va bunda sifatli oziq-ovqat, musaffo havo, toza suv muhim omil hisoblanadi. Yangi suv tozalash inshooti 71 ta mahallaga, yaʼni qariyb 350 ming nafar aholiga hamda maktab va shifoxona kabi ijtimoiy soha obyektlariga toza suv yetkazib berish imkonini yaratadi.
Loyiha Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilib, oʻzbekistonlik muhandislar tomonidan amalga oshirildi," — deydi u oʻzining telegram kanalida.











