Transport vazirligining xabar berishicha, Nukus shahrida aholiga sifatli jamoat transporti xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, harakat tarkibini yangilash, yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Sapsan avtotrans” MCHJ tomonidan 12 dona “YUTONG” rusumli avtobuslar olib kelindi.
Shuningdek, “Baz Nukus Kompleks” MCHJ tomonidan Nukus shahri uchun Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan 100 dona zamonaviy avtobuslarni xarid qilish boʻyicha tegishli shartnoma imzolangan.