Nukus voqealari boʻyicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm oʻqildi

    Mamlakatimizda 17 Mart 2023 1288

    Bugun, 2023-yil 17-mart kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

    Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqildi.

    Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra:

    Islam Polatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilib, 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash), 60 (bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) moddalari tartibida 5 yil;

    Polat Yesengeldiyev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 6 yil;

    Kamal Yeshjanov va Islambek Aitmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 6 yildan;

    Nursultan Baylepesov va Alpamыs Jumabekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi (oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 6 yildan;

    Dauletkeldi Nadirbayev, Adilbek Sariyev, Kongratbay Bekpolatov, Ruslan Baimbetov, Quanыshbay Baxiyev, Islam Saparov, Zairbek Pirjanov, Raximjan Jumabayev, Aydos Yesemuratov, Kuanыshbay Begaliyev va Manas Raxmanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 7 yildan;

    Nusret Bauyetdinov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 7 yil 6 oy;

    Nursultan Duysenbayev Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 28,247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 7 yil 6 oy;

    Rustam Dosыmbetov, Nuratdiyin Xabipov va Zamirbek Tadjimuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 8 yildan;

    Azamat Allanazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;

    Asыlbek Omirzakov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 166-moddasi (talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;

    Sharapat Ashirbekov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 8 yil;

    Daoʻranbek Ramanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 9 yil;

    Omirbek Kurbanov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 10 yil 6 oy;

    Oralbay Dosnazarov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Ozodlikdan maxrum qilish jazosiga hukm etilganlarga nisbatan tayinlangan jazo muddatlarini ular qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanib, 1 nafar sudlanuvchi jazoni qattiq tartibli koloniyada, 27 nafar sudlanuvchi jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

    Alыmbay Mыrzambetov, Muratbay Pirlepesov, Alysher Sharapov, Ongarbay Mamutov, Timurbek Ismailov, Rasul Sultaniyazov, Abzal Naurыzbayev, Nurmuxammed Genjebayev va Amantay Seytmuratov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 5 yildan;

    Abdimalik Xojanazarov va Yesimqan Qanaatov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qoʻllanilib, 59-moddasi tartibida 5 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Ozodlikni cheklash jazosiga hukm etilganlarning dastlabki qamoqda oʻtirgan kunlari Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan tayinlangan jazodan chegirilishi belgilandi va ular sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

    R. Dosыmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, N. Baylepesov, A. Jumabekov, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, N. Xabipov va Z. Pirjanovning aybidan dastlabki tergov organi tomonidan qoʻyilgan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi (ushbu xarakatlar Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan qamrab olinganligi sababli) hamda P. Yesengeldiyevning aybidan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi (qoʻyilgan ayblov oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli) chiqarildi.

    Sodir etilgan jinoyatlar oqibatida yetkazilgan 6,5 milliard soʻmdan ziyod miqdordagi moddiy zararlarni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish, sudlanuvchilarga tegishli boʻlib jinoyat ishi doirasida xatlovga olingan mol-mulklarni keltirilgan zararni qoplashga qaratish belgilandi.

    Mazkur hukmdan norozi taraflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi orqali Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasiga protsessual qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyatlar berishga, prokuror esa protest bildirishga haqli ekanligi maʼlum qilinadi.