Nukusda fuqaroni DXXga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

    K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 5 marotaba sudlangan.

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida yashovchi, 1983-y.t. K.J. aldov yoʻli bilan oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uni Davlat xavfsizlik xizmati organlariga ishga kiritib qoʻyish evaziga 11 ming AQSH dollari talab qiladi.

    Ammo u soʻralgan pul mablagʻini Nukus shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, firibgarlik yoʻli bilan ulardan jami 65 ming AQSH dollari olganligi ham aniqlandi.

    Taʼkidlash lozimki, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan 5 marotaba sudlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.