баннер
15 Mar 2025
10:30

    Nukusda propan tashuvchi yuk mashinasi ag'darilib ketdi

    Haydovchisi boshqaruvni yo'qotgan va yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

    Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri M.Nurmuhammedov ko'chasida «MAN» rusumli propran gaz tashuvchi yuk avtomobili ag'darilib ketdi.

    Xabar qilinishicha, haydovchisi boshqaruvni yo'qotgan va yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan. Bu haqdagi malumot FVBga 14 mart kuni soat 03:05 da kelib tushgan.

    Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga etib borib, maxsus-texnika va qutqaruv anjomlari yordamida tezkorlik bilan ko'rilgan choralar tufayli sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatning oldi olingan.

    Hodisa oqibatida halok bo'lgan va tan-jarohati olganlar yo'q.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech