Nukus shahridagi hayvonot bogʻida sher bolalari dunyoga keldi. Bu yerda parvarishlanayotgan Markiza ismli ona sher bir yoʻla toʻrt nafar sher bolalarini dunyoga keltirdi. Ayni kunda oʻlarnig ahvoli juda yaxshi.

Ikki yil oldin ushbu hayvonot bogʻida ona sher uchta sher bolalarini dunyoga keltirgan edi. Bu safar esa ona sher naq toʻrtta sher bolasini tugʻdi. Mutaxassislarning fikriga koʻra bu sensatsiya. Negaki, shu vaqtga qadar Oʻzbekistonda boqilayotgan sherlar 4 bolani dunyoga keltirmagan.