Jumladan taniqli jurnalist Joanna Lillis voqealarni yorita olmayotgani, texnikalari olib qoʻyilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar feyk.
“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari vakillari oʻrtasida Nukusda xorijiy jurnalistlarga voqealarni yoritishga toʻsqinlik qilinayotgani haqida xabarlar feyk ekanligini shunday taʼkidlaydi:
“Men joydagi komendatura vakillari, shuningdek, taniqli jurnalist Joanna Lillis xonim bilan bogʻlandim. U hech qanday muammo yoʻqligini, faoliyat olib borayotganini bildirdi.
Oʻzbekiston ochiqlik va huquqiylik prinsiplariga sodiq mamlakat sifatida shakllanmoqda, va bu quvonarli”, — deb yozgan B. Bekmurodov Telegram-kanalida.