Xalqaro fan olimpiadasida dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi oliy taʼlim muassasalari talabalari, jumladan, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.

Quvonarlisi, xalqaro fan olimpiadasida institutning fizika-matematika fakulteti talabalari Umida Maxsutova va Maman Genjaliyev faxrli 3-oʻrinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

– Talabalarimiz xalqaro doirada tashkil etilgan fan olimpiadasida ustozlaridan oʻrgangan bilim va koʻnikmalarini namoyish etib, yuqori natijalarga erishdi. Albatta, bu institutimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ibratli ishlarning samarasi deb hisoblaymiz, – deydi fizika-matematika fakulteti dekani Rzamurat Jiyemuratov.

Minajatdin Qutlыmuratov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.