Nukuslik yoshlarga qariyb 2 milliard so`mlik vaucher topshirildi

    Qoraqalpog'iston san'at saroyida Qoraqalpog'iston Respublikasida “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o'qish harajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash bo'yicha tadbir tashkil etildi. 

    Tadbirda O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi, Nukus shahar hokimligi, Davlat havfsizlik xizmati, Shimoli-g'arbiy harbiy okrug qo'mondonligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi, Nukus shahridagi jami 64 mahalladan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va ularning ota-onalari hamda mahallalardagi yoshlar etakchilari qatnashdi.

    Shu kuni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan nukuslik yoshlar uchun ajratilgan 1 milliard 739 million 626 ming 800 so'mlik vaucher Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarma boshlig'i Polat Maxsetbaevga tantanali ravishda topshirildi.

    San'at saroyi sahnasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 243 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash uchun 1 milliard 571 million 626 ming 800 so'm, 140 nafar yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o'qish harajatlarini qoplab berish uchun 168 million so'm subsidiyalar ajratish bo'yicha jami 383 nafar yoshga vaucherlar taqdim etildi.

    Gulichehra DURDIEVA,

    "YAngi O'zbekiston" muxbiri