Nur-Sultonda pnevmoniya bilan og'rigan 25 yoshli qiz vafot etdi

    Salomatlik 26 Iyun 2020 1574

    Nur-Sultonda ikki tomonlama pnevmoniya bilan og‘rigan 25 yoshli qiz vafot etdi, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

    “Nur-Sultonda yashovchi 1995-yilda tugʻilgan qiz 19-iyun kuni ogʻir ahvolda 1-shahar kasalxonasining intensiv terapiya boʻlimiga yotqizildi.

    Qabul paytida nafas qisilishi, havo yetishmasligi, tana haroratining koʻtarilishi va qattiq zaiflik kabi shikoyatlar boʻlgan.

    Nafas olish yetishmovchiligi tufayli ogʻir ahvolga tushgan. Intensiv terapiyaga qaramasdan, bemorning yurak faoliyati toʻxtadi”, dedi Nur-Sulton sogʻliqni saqlash boshqarmasi.