Unda tomonlar viloyatning maʼmuriy markazi boʻlgan – “NURAFSHON BUSINESS CITY” loyihasi jozibadorligini oshirish, uning geografik joylashish jihatidan yana-da takomillashtirish, xorij kompaniyalarining hududga investitsiya kiritish imkoniyatini kengaytirish va aholining yashash sharoitini yana-da yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan maʼmuriy markaz qurilishi ishlarini yana-da takomillashtirishga moʻljallangan tijorat konsepsiyasini taklif etilyapti.

Mazkur kompaniya Rossiyada 1995-yildan beri muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan boʻlib, 250 dan ortiq tajribali va yuqori malakali mutaxassislardan iborat yirik jamoaga ega. Uning tayyorlagan loyihalari soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi koʻplab “siti”lar, jumladan, “Tashkent city”ning qurilishida ham faol tatbiq etilgan. Kompaniya faoliyati sifatida tijorat koʻchmas mulkining barcha sohalarini, jumladan, ofis, chakana savdo, omborxona, kurort va mehmonxona kabi 11 ta asosiy yoʻnalishni qamrab olgan.

Uchrashuv davomida dunyo tajribasi asosida shaharsozlik yutuqlarini Toshkent viloyatida ham qoʻllash, qurilish boʻyicha taklif xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish, mavjud variantlarni tahlil qilish va rivojlanishning muqobil yoʻllari taklif qilindi. Deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.