Nurafshon shahar isteʼmolchilariga yangi gaz taqsimlash stansiyasi xizmat koʻrsatadi

    Energetika 6 Oktabr 2020 664

    Toshkent viloyati Nurafshon shahri isteʼmolchilariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi “Oʻrta Saroy” Gaz taqsimlash stansiyasini (GTS) modernizatsiya qilindi.

    “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilgan modernizatsiya natijasida shu paytgacha foydalanib kelingan stansiyaning quvvati nisbatan 2 barobarga ortdi, shuningdek, shaharning hozirgi kundagi soatiga 53 ming kub metrlik talabidan ham ortiq hajmda xizmat koʻrsatishga yetarli.

    Stansiyaga kirish yoʻli, elektr tarmogʻi uchun beton tayanch ustunlari va transformator qurilib tarmoq barpo etildi. Eʼtiborli jihatlardan yana biri, endi stansiya aholi punktidan ancha uzoqroqda joylashdi, xavfsizlik darajasi ham ortdi.

    Stansiyadagi Operatorlar uyi zamonaviy loyiha asosida energiya tejamkor qurilish materiallardan foydalanib bunyod etildi. Ishxona, dam olish xonasi, oshxona va sanitariya boʻlimlariga ega boʻlgan Operatorlar uyi zarur maishiy texnika vositalari bilan ham jihozlangan boʻlib, yashab ishlash uchun barcha sharoitlarga ega, deb xabar beradi “Oʻztransgaz” AJ matbuot xizmati.