Nurafshon shahrida ham Prezident maktabi ochildi

    Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o'quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o'quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

    Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov so'zga chiqib, mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanishlar bilimga chanqoq yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladi. Aytish joizki, Toshkent viloyatida joriy yil ijtimoiy sohada bir qator obyektlar qurilib, mukammal ta'mirlandi. Xususan, zamonaviy maktablar, bog'chalar, mahalla fuqarolar yig'inlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasidandir.

    Barcha zamonaviy sharoitlarga ega Prezident maktabi hududdagi iqtidorli o'g'il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratishi qayd etildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.