Majmuada ma’muriyat, ta’sischilar uchun alohida xonalar, ona-bola xonasi, oshxona, ikki yo‘lakli kassa-chiptaxonalar, haydovchilar uchun dam olish xonasi mavjud. Bino atrofini nazorat qiluvchi 6 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan.

Toshkent viloyati Transport boshqarmasining harakat jadvaliga muvofiq hozirda ushbu avtoshohbekatdan «Nurafshon – Qo‘yliq -591», «Nurafshon – Alimkent -345», «Burgalik – Qo‘yliq-423», «Nurafshon –Qaytmas-437», «Nurafshon – Qo‘yliq – Chirchiq-522» yo‘nalishlarida avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Nurafshon hududi bo‘ylab harakatlanuvchi barcha transport vositalari yangi avtoshohbekat orqali yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.