Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi

    Mamlakatimizda 15 Yanvar 2021 2794

    Ayni paytda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdan tashqari 24-sessiyasi bo'lib o'tmoqda.

    Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq so'zladi.

    Rustam Xolmatov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich nomzodini tavsiya etdi.

    Sessiya kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan muhokamalardan so'ng, Saliyev Muzaffar Xoldorboyevich Nurafshon shahri hokimi etib tayinlandi.

    Sessiya ishida, shuningdek, Nurafshon shahri hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo'yicha o'rinbosari boshqa ishga o'tgani munosabati bilan shu lavozimga Usmonov Sherzod Robbimovich tayinlandi.