Nurafshonda Davlat xizmatlari markazi yangi binoga ko'chdi

    Raqamlashtirish 24 Mart 2021 2313

    Nurafshon shahrida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirildi.

    Ma'lumki, Davlat xizmatlari agentligi, ayni paytda, Evropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturi O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O'zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” loyihasini amalga oshirmoqda.

    Loyiha doirasida mamlakatimizda 5 ta, jumladan, Toshkent viloyati Nurafshon shahri Davlat xizmatlari markazi tajriba tariqasida tanlab olingan. YAngi markazga mebel` jihozlari, moddiy-texnika vositalar, jumladan, 40 dona axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalari (serverlar, shaxsiy komp`yuterlar, tarmoq va telekommunikatsiya qurilmalari, videokuzatuv moslamalari, foydalanuvchi bilan aloqa mexanizmlari va boshqalar) taqdim qildi.

    Nurafshon shahrida yangi Davlat xizmatlari markazi binosining ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Davron Xidoyatov, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori Ulug'bek Muhammadiev, BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O'zbekistondagi vakili Matilda Dimovska, Evropa Ittifoqining O'zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi hamkorlik bo'limi rahbari Fransua Bejo, davlat va jamoat tashkilotlari mas'ullari, mehnat faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Markaz binosi “SHAXRUZBEK HALIMJON QURILISH” mas'uliyati cheklangan jamiyat quruvchilari tomonidan an'anaviy arxitektura va halqaro me'moriy dizayin bilan uyg'unlashtirgan holda bunyod etildi.

    Tashrif buyuruvchilar uchun talay qulayliklar yaratilgan bo'lib, asosan, yuqori xizmat ko'rsatish standartlariga, fuqarolarni kutish vaqtlari unumli o'tishini ta'minlashga ham alohida e'tibor qaratildi.

    Mijozlar navbatlari kelguncha mo''jazgina kutubxonada qiziqarli kitob o'qishi, bolalar esa maxsus jihozlangan maydonchada vaqtlarini mazmunli o'tkazishi mumkin. Bundan tashqari markazning o'zida FHDYO bo'limi ham joylashgan.

    Markazda elektron navbat, infokiosk tashkil etilgan. Markaz bir vaqtning o'zida 16 nafar, bir kunda 400-450 nafar fuqaroga xizmat ko'rsatadi. 6 ta monitorda 150 dan ortiq davlat xizmati turlari yuzasidan ma'lumotlar taqdim etib boriladi.

    — 2020 yilda markaz tomonidan 37 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi, — deydi Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi direktori Mirsaid Sultonov. — YAkka tartibdagi tadbirkor sifatida 484 ta, yuridik shaxs sifatida 282 ta yangi tadbirkorlik sub'ektlari davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

    YAngi markaz binosining qurilishida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. Bu axborot tizimlarini idoralararo integratsiya qilinishini yaxshilab, aholiga davlat xizmatlarini qulay va o'z vaqtida olish imkonini yaratadi.

    erkin Doripov,

    DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

    matbuot xizmati boshlig'i