Nurafshonda ixtisoslashtirilgan maktab quriladi

    “Nurafshon smart siti” hududidan 2,0 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer maydoni ixtisoslashtirilgan maktab qurilishi uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

    Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

    Hujjatga koʻra, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mazkur qarorga muvofiq viloyat yer fondiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qurilish loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam beradi.

    Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Sh.Mahmudov zimmasiga yuklatilgan.