Nurafshonda Janubiy Koreya andozasidagi yangi shahar tumani barpo etiladi

    O‘zbekistonga amaliy safari doirasida “Koreya-O‘zbekiston” ishbilarmonlar assotsiatsiyasi (KUBA) raisi Kim Chang Keon, KUBAga aʼzo bo‘lgan «TDC Group» (bosh direktor Chxve In Chang) va «GS Energy» (vitse-prezidenti Li Gong Guk) rahbarlari bilan birga Toshkent viloyatida bo‘ldi.

    Tashrif davomida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar Nurafshonning Janubiy Koreya tipidagi yangi shahar tumanini tashkil etish va Yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash o‘quv markazini qurish bo‘yicha hozirgi paytda faol amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilishdi.

    Muzokaralarda loyiha konsorsiumiga rahbarlik qilayotgan va uning bosh rejasini tayyorlash ustida ish olib borayotgan «TDC Group» vakillari erishilgan natijalarni taqdim etdi va aniq takliflarni bildirishdi. Tashabbuslar, jumladan, loyihani oldinga siljitishning keyingi jadvali muhokama qilindi.

    Toshkent viloyati markazi - Nurafshon shahrida yangi shahar tumanini tashkil etish shaharni rivojlantirishning keng ko‘lamli g‘oyasi bo‘lib, unda Janubiy Koreya tipidagi turar-joy majmualari, biznes markazi, kasalxona, universitet, Yong‘in xavfsizligi mutaxassislarini tayyorlash o‘quv markazi, 150 gektar maydonga ega biznes maydonchasi, markazdagi katta park atrofida xalqaro maktab va boshqa turdagi turar-joy majmualarini qurish ko‘zda tutilgan.

    Ushbu maqsadlar uchun Janubiy Koreyaning yettita kompaniyasining qurilish kompaniyalari konsorsiumi tuzildi. Ular loyihaning faol bosqichini boshlashga tayyor. Ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan 2021 yilda KUBA va Toshkent viloyati hokimiyati vakillari o‘rtasida o‘zaro Anglashuv memorandumi va shu yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati hokimining Koreya Respublikasiga safari chog‘ida Biznes bitimi imzolangan edi.

    Ayni paytda O‘zbekiston hukumatidan yer uchastkalaridan foydalanish va infratuzilmani taʼminlash uchun ruxsatnomalar olish kutilmoqda, shundan so‘ng yaqin kelajakda loyihaning faol bosqichiga o‘tish rejalashtirilmoqda.