Nurafshonda test sinovlari oʻtkazishga moʻljallangan pavilyon qurilmoqda

    Mazkur qurilish uchun byudjetdan yirik mablagʻ ajratilgan.

    Toshkent viloyati hokimining tegishli faromoyishiga koʻra, mahalliy byudjetning joriy yil 1-chorak yakuni bilan iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan “Nurafshon biznes siti” hududida test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan namunaviy tipdagi pavilyon qurish xarajatlari uchun dastlabki 2 yarim milliard soʻm yoʻnaltirildi.

    1, 56 gektar yer maydonida joylashgan mazkur inshootning umumiy qiymati 22 milliard 700 million soʻmdan ziyod boʻlib, davlat byudjetidan 17 milliard 197 milloin soʻm, mahalliy byudjetdan 5,5 milliard soʻm ajratilishi reja qilingan.

    Hozirda qurilish ishlari davom etmoqda. Yil yakuniga qadar yakunlanishi koʻzda tutilgan.