Nurafshonda test sinovlari uchun maxsus pavilyon quriladi

    Nurafshon Business City hududida test sinovlarini o'tkazishga mo‘ljallangan namunaviy tipdagi pavilyon quriladi.

    Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

    Pavilonni qurish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag'lari hisobidan 2,5 milliard so'm miqdorda mablag' ajratildi.